Ishni muvaffaqiyatli tark etish

Vohid Karimov
1 min readJan 10, 2022
Task failed successfully windows popup

Ish faoliyatimiz davomida har birimiz kamida bir marta lavozimdan bo’shash arizasini yozishimizga to’g’ri keladi. Bu boshqa kompaniyaga o’tish, nafaqaga chiqish yoki o’z biznesingizni boshlash kabi turli sabablarga ko’ra bo’lishi mumkin. Sababi nima bo’lishidan qat’iy nazar, jamoangizni muvaffaqiyatli tark etish muhimdir. Ba’zilar, umid qilamanki, ko’pchilik emas, nega bu borada ortiqcha harakat qilish kerak deb so’rashadi. Sababi, bu xuddi ishlatilgan salfetkangizni axlat qutisiga tashlash qanchalik muhimligi kabidur. Umuman olganda, bu yaxshi inson va bizni holatda yaxshi mutaxassis bo’lishingiz uchun muhim sanaladi.

Shaxsan o’zim quyida tasvirlamoqchi bo’lgan professionallikning mukammal namunasi bo’lmasam ham bunga erishishga harakat qilmoqdaman :P

Unday bo’lsa, kettik…

Birinchi narsa — ishdan ketishingiz haqida xabar berish. Xabar berishda muhim narsa, uni imkon qadar erta berishdir. Shartnoma bo’yicha majburiyatingizdan ham oldinroq. Sizning bilim va mas’uliyatlaringizni jamoaga o’tkazish va o’rningizga boshqa odam yollashga yetarli vaqt bo’lishi jamoangizni sizni yo’qotishdan osonroq tiklanishga yordam beradi. Menimcha, kompaniyadagi odamlarni rejalaringiz haqida quyidagi tartibda xabardor qilganingiz ma’qul: menejeringiz, HR, keyin esa jamoa a’zolari. Muloqotda minnatdor, hamdard va ijobiy bo’ling.

Bu yerda o’qishni davom eting…

--

--

Vohid Karimov

A Software Engineer and Computer Science enthusiast from Uzbekistan